
"Barselona" joriy yil La Ligada hali mag‘lub bo‘lmadi
"Barselona" 2025 yilda La Liga bahslarida hali mag‘lub bo‘lmadi.
Kataloniyaliklarning La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 o‘yinga etdi - bu davr mobaynida "Barselona" 14 marotaba g‘alaba qozondi va ikki marta durang o‘ynadi. Jamoa chempionatda oxirgi marta 21 dekabr kuni "Atletiko"ga yutqazgan edi (1:2).
Ma’lumot uchun, Xansi Flik jamoasi La Liganing 35-turidagi "El-Klasiko"da "Real Madrid"ni mag‘lub etdi (4:3).
Fikrlar