"Barselona" "Kamp Nou"ga qaytishni kechiktiradi

  • 18 oktabr, 17:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya shahar kengashi "Barselona"ga rekonstruktsiya qilingan "Kamp Nou"da o‘ynashga ruxsat berdi, ammo hozircha stadionga faqat 27 ming tomoshabin kira oladi.

Tecno

Shunga qaramay, klub bu variantni ma’qullamadi va "Kamp Nou"ga muxlislar sig‘imi 47 ming kishiga etmaguncha "Olimpik Lyuis Kompanis" arenasida o‘ynashni davom ettiradi.

Hozirgi ruxsat faqat tribunalar va stadionning janubiy qismidagi birinchi qavatni ochishga imkon beradi. Keyingi bosqichda esa yon tribunalar ham ochiladi — bu UEFA talablariga ko‘ra, Chempionlar ligasi o‘yinlarini o‘tkazish uchun zarur hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!