"Barselona" Kanselu borasida bir qarorga keldi

  • 19 iyun, 2024, 16:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu borasida bir qarorga keldi.  Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Kanseluning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirish ustida ishlamoqda.

Tecno

Bosh murabbiy Xans-Diter Flikka Joauning o‘yin uslubi yoqadi va  shu sabab klub 30 yoshli portugaliyalikni tarkibda saqlab qolishga harakat qilmoqda. Kanseluning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Shaharliklar" esa shu yozdayoq uni doimiy ravishda sotmoqchi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli himoyachi 2023/24 yilgi mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida La Liganing 32 ta uchrashuvida qatnashib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!