“Barselona” katta summaga Bundesliganing eng zo‘r o‘yinchisini oladi
“Bayer” jamoasi etakchisi Florian Virts bir necha superklublar nishoniga tushganiga ancha bo‘lgan.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Barselona” 20 yoshli hujumkor futbolchini olish uchun jiddiy qadam tashlashga qaror qildi. Kataloniyaliklar nemis futbolining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan o‘yinchi uchun 85 million evro atrofida mablag‘ sarflashga tayyor.
Shunga qaramay, mutaxassislar orasida bu transferning amalga oshishiga ishonmaydiganlar ham ko‘p. Chunki Virtsning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Qolaversa, unda tanlov imkoniyati keng.
Virtsga da’vogarlik qilayotgan grandlar orasida “Barsa”dan ko‘p maosh berishga qodir klublar ham etarli.

Fikrlar