"Barselona" Koutinodan qutulish yo‘lini topdi

  • 09.04.2020 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi mavsumni "Bavariya"da ijarada o‘tkazayotgan yarim himoyachisi Filippe Koutinodan tezroq qutulmoqchi.

Sport.es nashrining yozishicha, “ko‘k-anor ranglilar” braziliyalik futbolchidan butkul xalos bo‘lishlari uchun uning keyingi ijara shartnomalariga majburiy ravishda sotib olish haqidagi bandni kiritilishini talab qilishmoqchi. Koutino uchun asosiy da’vogar “Chelsi” hisoblanadi. Ammo, “aristokratlar” ham uni 2021 yilda to‘liq sotib olishni o‘z zimmalariga olishmoqchi emas.

“Barselona” esa “Chelsi”ga buning uchun Koutinoning 90 million evrolik narxini 65 millionga tushirib berishga ham tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!