"Barselona" Koutinoni sotishga tayyor
Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinoni 100 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ayni damda Koutino masalasida biror bir klubdan aniq taklif yo‘q, ammo qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona” safiga 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. Ammo, u o‘tgan davr mobaynida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.

Fikrlar