"Barselona" Koutinoni sotishning yana bir usulini topdi

  • 12.06.2020 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» klubi “Kamp Nou”da ishlari yurishmagan yarim himoyachi Filippe Koutinoni boshqa futbolchi bilan almashtirish yoki sotib yuborish ustida ish olib bormoqda.

The Telegraph nashriga ko‘ra, “Barsa” rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz xaridorlarga 28 yoshli braziliyalik futbolchini katta mablag‘ evaziga sotib olishga imkon bermasligi mumkin. Shu bois kataloniyaliklar Koutinoni sotib oladigan jamoaga futbolchi maoshining bir qismini to‘lab berishga tayyor. Aytish kerakki, hozir Filippe haftasiga 220 ming evrodan ko‘proq maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Koutinoga «Arsenal», «Chelsi», «Nyukasl» va «Lester» klublaridan qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!