"Barselona" Lamin Yamal bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

  • 11.09.2026 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» Lamin Yamal bo‘yicha muhim qaror qabul qildi. Kataloniya klubi yosh hujumchini «Oltin to‘p» mukofotiga ilgari surish bo‘yicha ochiq targ‘ibot kampaniyasini boshladi. Bu haqida jurnalist Xuan Ximenes xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, endilikda Yamal «Barselona» uchun «Oltin to‘p»dagi bosh nomzod sifatida ko‘rilayotgani rasman tasdiqlandi.

- «Barselona» qarorini qabul qildi: Lamin Yamal — klubning «Oltin to‘p» uchun bosh nomzodi. Jamoa sukut saqlashdan voz kechib, ochiq qo‘llab-quvvatlash kampaniyasiga o‘tdi. Bu jarayonga Flik boshchilik qilmoqda, unga Rodri va 19 yoshli futbolchining o‘ziga xos yutuqlari kuch qo‘shmoqda», — deb yozdi Ximenes ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod ro‘yxatiga kiritilgan. Mukofotning amaldagi egasi PSJ futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!