"Barselona" Lautaro Martinesga 5 ta muqobil topib qo‘ydi

  • 24 aprel, 2020, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" klubi "Inter" forvardi Lautaro Martinesni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, sotib oladigan boshqa hujumchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “ko‘k-anor ranglilar” argentinalik futbolchiga 5 ta muqobil topib qo‘ygan. Gap Timo Verner ("RB Leyptsig"), Aleksandr Isak ("Real Sosedad"), Temmi Abraxam ("Chelsi"), Jonatan Devid ("Gent") va Viktor Osimxen ("Lill") haqida ketmoqda.

Aytish kerakki, “Inter” Martines uchun 111 mln evro talab qilmoqda. Inqiroz paytida esa “Barsa” bunday qimmat futbolchi sotib ololmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!