
"Barselona" "Leganes" o‘yinida antirekord o‘rnatildi
Kecha oqshomda Ispaniya Kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Leganes"ni mag‘lub etdi.
AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu o‘yinda muxlislarning qiziqishini unchalik jalb qila olmagan. Manbaga ko‘ra, "blaugranaslar" uy maydoniga ushbu bahsda 43 216 ta muxlis tashrif buyurgan. Bu "Barselona"ning joriy mavsumdagi eng yoomon ko‘rsatkichi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anor rangliklar" stadionining umumiy sig‘imi 99 354 tani tashkil qiladi.
Fikrlar