"Barselona" Levandovski bilan yangi shartnoma imzolashga ikkilanmoqda

  • 16 noyabr, 10:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati Robert Levandovskining kelajagi borasida hali ham yakuniy qaror qabul qilmadi. Hujumchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

Tecno

"Marca" nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar polshalik bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashda hali ham ikkilanmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" rahbarlari mavsum oxiriga qadar futbolchining qanday formada bo‘lishini ko‘rmoqchi.

Boshqa klublar vakillari ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Polshalik forvardga yaqinda "Milan", "Fenerbaxche" va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar borliga haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Robert bu mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 12 ta o‘yinda ettita gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!