"Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar topdi
"Red Bull Zaltsburg" hujumchisi Karim Konate "Barselona"ning e’tiborini tortmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" 37 yoshli Robert Levandovskining o‘rnini bosuvchi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda, sababi joriy mavsum uning klubdagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
"Transfer News Live"ning xabar berishicha, Kataloniya grandining diqqat markaziga o‘tgan yilning noyabr oyidan beri xochsimon boylami uzilgani sababli tiklanishda davom etayotgan 21 yoshli Karim Konate tushgan.
Transfermarkt portali yosh hujumchining qiymatini 15 million evroga baholamoqda. Kot-d'Ivuarlik futbolchi "Red Bull Zaltsburg" asosiy jamoasi safida 64 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar