Asosiy mazmunga oʻtish

"Barselona", "Liverpul" va "Bavariya" "Tottenxem"ning 19 yoshli himoyachisini nishonga olishdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

O‘tgan mavsumni "Gamburg"da ijara asosida o‘tkazgan "Tottenxem" markaziy himoyachisi Luka Vushkovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub 19 yoshli xorvatiyalikni sotishga tayyor: murabbiy Roberto De Dzerbi himoyada tajribaliroq futbolchilarni afzal ko‘radi. Futbolchiga allaqachon Yevropaning eng yaxshi klublari - "Barselona", "Liverpul" va "Bavariya" e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, "Tottenxem" Vushkovich evaziga 60 million evrodan ko‘proq daromad olishni kutmoqda.

2025/2026-yilgi mavsumda himoyachi Germaniya Bundesligasida o‘ynadi. Vushkovich "Gamburg" safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt o‘yinchini 60 million yevroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q