
"Barselona" Loran Blanni jamoa boshqaruviga olib keladimi?
"Barselona" Loran Blanni bosh murabbiy kursisiga taklif qilmoqchi emas, deya xabar bermoqda As.
Manbaga ko‘ra, "blaugranlar" rahbariyati frantsiyalik mutaxassisni klubning keyingi rejalariga kiritmoqchi emas. Ayni damda "Barselona" faqat "Napoli" bilan bo‘ladigan javob uchrashuvi haqida o‘ylamoqda.
L’Equipe nashri klub sport ishlari direktori Erik Abidal Blanning nomzodini rahbariyatga tavsiya qilgani haqida xabar bergan edi. Biroq ispan nashrlari ushbu ma’lumotni rad etdi.
2016 yildan buyon erkin agent maqomidagi Blan "Barselona" safida 1996/97 yillar mobaynida to‘p surgan.
Fikrlar