«Barselona» Lyaport bilan shartnoma tuzmaslikka qaror qildi — sababi ochiqlandi

  • 26.07.2026 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletik» va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Emerik Lyaport yaqinida bo‘lib o‘tgan 2026 yildgi jahon chempionati paytida «Barselona»ga o‘ziga oid taklif bilan chiqqan. Bu haqida «Mundo Deportivo» nashri xabar berdi.
 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lyaport «Barselona» safiga qo‘shilish istagini bildirgan, ammo kataloniyaliklar rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashdan voz kechgan. Bunga asosiy sabab sifatida «Atletik» bilan munosabatlarni sovutmaslik istagi ko‘rsatilmoqda.
 

Avvalroq, «Barselona» Bilbao klubi yarim himoyachisi Niko Uilyamsga ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakun topmagan edi.
 

Shuningdek, manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hozirgi himoya chizig‘idan qoniqarli ekani, himoyani kuchaytirishni esa hozircha ustuvor vazifa deb hisoblamasligi ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!