"Barselona" "Manchester Yunayted" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 29.07.2019 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”  “Betis” himoyachisi Xuan Firponi sotib olisholmagach bor e’tiborlarini aynan italiyalik futbolchiga qaratishgan.

Ma’lumot uchun, Darmianning transfer narxi 10 mln evroni tashkil etadi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!