"Barselona" "Manchester Yunayted"dan himoyachi olib kelmoqchi

  • 17 dekabr, 2021, 21:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ko‘plab manbalar xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati MYu zaxira o‘rindig‘ida qolib ketgan Aleks Tellesni sotib olmoqchi.

"Ko‘k-anorranglilar"ning 29 yoshli futbolchini sotib olishdan maqsadi, markaziy himoyadagi bo‘shliqlarni yopishdir.

Braziliyalik ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Tellesning transfer narxi 20 million evroga baholangan.

Aleks bu mavsum barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!