“Barselona” Messini qolishga ko‘ndiradigan superhujumchini oladi
“Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Serxio Aguero yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Kataloniya klubi rahbariyati Lionel Messini klubda olib qolish uchun unga gapi o‘tadigan do‘sti Serxio Agueroni olib kelishga qaror qilgan. “Barsa” mutasaddilari ayni paytda Aguero bilan muzokaraga kirishgan. Argentinalik hujumchining o‘zi ham terma jamoadagi sherigi va uzoq yillardan beri do‘stlik aloqalarini saqlab kelayotgan Messi bilan birga to‘p tepishga qarshi emas.
Lionel Messi hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Agar u Kataloniyadan ketadigan bo‘lsa, PSJ yoki “Manchester Siti”da to‘p surishi mumkinligi aytilmoqda. O‘z navbatida, “Siti” rahbariyati ko‘p jarohat olayotgan Serxio Aguero bilan yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qilgan.
Fikrlar