"Barselona" nima uchun Gordon transferini tez yakunladi?
"The Athletic" nashri xabariga koʻra, "Barselona" Entoni Gordon transferini tezroq yakunlashga qaror qilgan.
Bu qarorga bosh murabbiy Hans-Diter Flikning shaxsiy talabi sabab boʻlgan. Nemis mutaxassisi ingliz futbolchisining oʻtgan mavsumdagi oʻyinidan katta taassurot olgan.
Shuningdek, kataloniyaliklar Gordon Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etsa, uning transfer narxi yanada oshib ketishidan xavotirlangan. Klub shu yoʻl bilan raqobatchilarni ham ortda qoldirishni maqsad qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Gordon oʻtgan mavsum APLda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta assist muallifi boʻlgan.

Fikrlar