«Barselona»ning ikki himoyachisi jarohat sababli «PSJ»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
«Barselona» muhim uchrashuvlar arafasida ikki himoyachisidan ayrildi. Kataloniyaliklarga yaqin vaqt ichida Jyul Kunde va Erik Garsiya yordam bera olmaydi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Betis»ga qarshi so‘nggi uchrashuvda jarohat olgan Garsiya 3–4 hafta maydonga tusha olmaydi. Shu sababli u Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga hamda Ispaniya chempionatida «Real»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Kunde ham parijliklarga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Biroq fransuz himoyachining «El-Klasiko»ga qadar tiklanish ehtimoli bor. Uning «Real»ga qarshi bahsda maydonga tushishi bo‘yicha yakuniy qaror keyinroq qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 20 oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. La Liga doirasidagi «El-Klasiko» esa 25 oktabr, yakshanba kuniga belgilangan.

Fikrlar