"Barselona" Olmo bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • 08.06.2026 14:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Dani Olmoning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qildi.

Jurnalist Luis Roho ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotish niyatida emas.

Aksincha, klub rahbariyati Olmo bilan yangi va yaxshilangan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi kelasi mavsumda belgilangan miqdorda o‘yin o‘tkazsa, uning maoshi oshiriladi.

28 yoshli yarim himoyachi o‘tgan La Liga mavsumida "Barselona" safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Klub rahbariyati Olmoni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va uni uzoq muddatga saqlab qolishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!