"Barselona" o‘z "afsonasi"ni sotishga qaror qildi

  • 10.07.2021 11:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

L’Esportiu de Catalunya nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona" klubi va Daniya terma jamoasi hujumchisi Martin Breytueyt joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "ko‘k-anor ranglilar" Breytueytni sotishga qaror qilishgan. Kataloniyaliklar rahbariyati ushbu transferdan taxminan 10-15 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, Breytueyt “Evro-2020”da namoyish etgan o‘yini bilan ko‘plab Evropa klublarining e’tiboriga tushgani aytilmoqda.

Martin o‘tgan mavsum La Ligada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
komilov_mi
11/07/2021 18:00
Брейтуэйт качон афсона булишга улгурди