
"Barselona" o‘z ishidan afsusda...
“Barselona” rahbariyati hujumchi Ansu Fati sog‘lig‘i sababli avvalgi darajaga qayta olmasligidan xavotirda, deb xabar bermoqda Diario Sport.
Yuqoridagi manba bergan xabarga ko‘ra, klub olti oy avval futbolchini operatsiya qildirmay, o‘rniga konservativ usulda davolanishga ruxsat berganidan afsusda. Shu sababli hujumchining jismoniy holati, tezligi va kuch-quvvati bo‘yicha ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashgan.
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes esa hamon futbolchiga umid bog‘lamoqda.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Fati o‘tgan mavsum "Barselona" safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar