
"Barselona" o‘z oldiga katta maqsad qo‘ydi
"Barselona" klubi yaqin kelajakda Chempionlar ligasini yutishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar"ning sport direktori Deku ma’lum qildi.
- "Barselona"ning bosh maqsadi Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishdir. G‘olib bo‘lganingizda, yanada qiyinroq bo‘ladi. Bizning klubimiz sovrinlar uchun kurashishni hech qachon to‘xtatmaydi. Hozirgi jamoamiz va murabbiylar shtabi bilan barcha unvonlarga da’vogarlik qila olamiz. G‘alaba qozonishimizga kafolat berolmayman, ammo shubhasiz favoritlar qatorida bo‘lamiz, - dedi rahbariyat a’zosi.
Ma’lumot uchun, 2024-2025 yilgi mavsumda "Barsa" La Liga va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida esa kataloniyaliklar musobaqani yarim final bosqichida yakunladi.
Fikrlar