"Barselona" o‘ziga Frantsiya chempionatidan himoyachi topdi

  • 17 dekabr, 2024, 20:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" himoyachisi Kayo Enrike faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Diario AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 27 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. U yanvar oyida "Monako"ni tark etishni rejalashtirmoqda. "Barsa" Enrikeni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar"ning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqida mish-mishlar 2023 yilda paydo bo‘lgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Enrikening "Monako" bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 18 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!