"Barselona" Pikega o‘rinbosarni "Atletiko"dan topdi

  • 01.12.2020 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" rahbariyati jamoaga "Atletiko" himoyachisi Felipe Monteyroni olib kelmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli braziliyalik futbolchini yarim yilga ijaraga olmoqchi. “Ko‘k-anor ranglilar” Felipeni uzoq muddatga safdan chiqqan himoyachi Jerar Pikega munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. Ammo o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan “matraschilar” etakchi futbolchilaridan birini qo‘yib yubormoqchi emas.

Monteyro joriy mavsum “Atletiko” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!