"Barselona" posboniga ikki klub xaridor!

  • 14 mart, 13:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya yozgi transferlar oynasida klubni tark etadi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli posbonga La Liganing "Betis" va "Selta" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda Penya barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ispaniyalik keperning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 10 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!