
"Barselona" prezidenti maslahatchisi Neymar bilan bog‘liq vaziyat haqida ochig‘ini aytdi
“Barselona” klubi prezidenti maslahatchisi Karles Reshak PSJ forvardi Neymarni jamoaga qaytarish imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Mavjud vaziyatni tahlil qilgan holda aytishim mumkinki, Neymarni qaytarib bo‘lmaydi. Bu imkonsiz.
Menimcha, u “Barselona”ning naqadar muhim ekanligini tushunib etdi. U gol urganida, bu haqda butun dunyo gapirdi. PSJda esa u unchalik sezilmayapti”, - deydi Reshak.
Fikrlar