"Barselona" Rafinyani bir shart evaziga qo‘yib yuborishi mumkin

  • 05.12.2025 19:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" vinger Rafinya Dias jamoadan ketish ehtimoli bor.

Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Hozirda futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistonining bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda. "Diario Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniya grandi rahbariyati Rafinyani bo‘lajak Jahon chempionatidan so‘ng sotib yuborishi mumkin. Faqatgina futbolchining o‘zi buni istasagina transfer amalga oshishi mumkin. 28 yoshli futbolchining narxi 90 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Rafinya "Barselona" safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!