“Barselona” rahbariyati Flikka o‘rinbosar topdi

  • 02.02.2026 18:53
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Komo" klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas kelajakda "Barselona" ustozi bo‘lib ish boshlashi mumkin. Bu haqida "The Touchline" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning A Seriyadagi faoliyatini yuqori baholamoqda. Shuning uchun klub Hans-Diter Flik ketishga qaror qilganida so‘ng Fabregasni uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"ga Sesknig o‘yin uslubi va yosh futbolchilarga bo‘lgan ishonchi yoqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Flik 2024 yildan beri Kataloniya klubini boshqarib kelmoqda. "Barselona" ayni vaqtda La Ligada 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!