Asosiy mazmunga oʻtish

“Barselona” rahbariyati Keyn transferiga qiziqish bildirmoqda

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Barselona"da "Bavariya" hujumchisi Harri Keynni oʻz safiga qoʻshishga qiziqish kuchaymoqda. Kataloniya klubi ingliz futbolchisini mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan Robert Levandovskining ideal uzoq muddatli vorisi sifatida koʻrmoqda. Bu haqida El Nacional xabar berdi.

Manbaga koʻra, Keynning nomzodi klub ichida tobora ommalashib bormoqda. Murabbiy Hans-Diter Flik jamoada elita hujumchisini koʻrish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, “koʻk-anorranglilar” Xulian Alvares va Joao Pedro kabi boshqa hujumchilarga qiziqish bildirmoqda. Harri Keynning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan boʻlib, yaqin oylarda tomonlar shartnomani uzaytirish imkoniyatini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q