"Barselona" Rakitichni qanchaga sotmoqchi?
"Barselona" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitichni qanchaga sotmoqchiligini ma’lum qildi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 32 yoshli xorvatiyalik futbolchini bor yo‘g‘i 20 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Aytish kerakki, qishda “Yuventus” Rakitich uchun “Barselona”ga 42 mle evro taklif qilgan edi. Biroq, o‘shanda futbolchi Italiyaga ketishni xohlamagan.
Ma’lumotlarga qaraganda Rakitich “Sevilya”ga qaytmoqchi. U andalusiyaliklar safida 2011-2014 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar