"Barselona" Romero transferi uchun bir shartni kutmoqda

  • 20.05.2026 15:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" "Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda. Biroq transferning amalga oshish ehtimoli hozircha yuqori emas.

"Mundo Deportivo" ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar o‘z sardorini 60 million yevroga baholagan. Kataloniya klubi esa argentinalik himoyachi uchun bunday mablag‘ni to‘lashni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” faqat “Tottenxem” APLdan tushib ketgan taqdirdagina transfer ustida jiddiy ish boshlaydi. Chunki bunday holat futbolchining narxi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Transfermarkt portali Romeroning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda. 28 yoshli futbolchining “Tottenxem” bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Hozirda Roberto De Dzerbi boshqarayotgan “Tottenxem” elitada qolish uchun so‘nggi turda “Everton”ga qarshi bahsda kamida bir ochko olishi kerak. Jamoa ayni paytda tushib ketish zonasidagi “Vest Xem”dan 2 ochko oldinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!