"Barselona" Romeroni Bastoniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda

  • 29.04.2026 13:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yangi markaziy himoyachi qidiruvini davom ettirmoqda.

Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi hamon Milaning "Inter" jamoasi a’zosi Alessandro Bastoni bo‘lib turibdi. Biroq uni qo‘lga kiritish yuqori narx sabab oson kechmasligi aytilmoqda.

"Diario Sport" ma’lumotiga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" italyalik himoyachi bo‘yicha muzokaralar omadsiz tugasa, zahira rejaga ham ega. Manba Kristian Romeroni muqobil variant sifatida ko‘rsatmoqda.

"Tottenxem" sardori bir necha bor La Ligada to‘p surish istagini yashirmagan. Shuningdek, agar "shporlar" Premyer-ligani tark etsa, 28 yoshli argentinalik himoyachi arzonroq narxda sotilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali Romeronning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!