"Barselona" sardori noyabr oyi oxirida jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘ladi
"Barselona" darvozaboni va sardori Mark-Andre ter Shtegen o‘tgan iyul oyida belidan olgan jarohatidan so‘ng reabilitatsiyaning yakuniy bosqichida. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli posbon allaqachon Kataloniya klubi bazasidagi chim ustida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Germaniyalik futbolchi noyabr oyi oxirigacha jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ter Shtegen sog‘ayib ketgach, "Barselona" rahbariyatidan klubdagi kelajagi borasida qaror kutadi. Qishda futbolchi boshqa klubga ijaraga berilishi yoki "Barselona"ni butunlay tark etishi ehtimoli yo‘q emas.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 8 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar