"Barselona" "Siti" va "Yuventus"dan futbolchi oladi

  • 20.05.2026 13:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yangi mavsum uchun transfer rejalarini tuzmoqda.

Kataloniya klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva va "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Cadena Ser" xabar berdi.

Mavsum so'ngida Robert Levandovski klubni tark etishi ma'lum bo‘ldi. Serbiyalik forvard aynan uning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, Flik Bernarduni ham jamoasida ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" bu mavsumda Ispaniya La Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!