"Barselona" skautlarni ishdan bo‘shatadi

  • 28.05.2020 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan chiqish yo‘llarini izlamoqda.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” tez orada skautlar bo‘limida qisqartirish qilmoqchi. Ayni damda “Barselona”da 40 ta skaut faoliyat olib bormoqda. Endi ularning teng yarmi ishidan ayriladi. Aniqrog‘i, ushbu xodimlarning amaldagi mehnat shartnomalari iyun oyi so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va klub ular bilan shartnomani uzaytirmaydi.

Aytish kerakki, “Barselona”dan ketadigan xodimlarning ayrimlari oyiga bor yo‘g‘i 600 evro maosh olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!