"Barselona" sobiq futbolchisi transferidan 10 foizini oladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda qo‘shimcha daromad olishi mumkin. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, agar "Leyptsig" yarim himoyachisi Ilaysh Moribani sotsa, "ko‘k-anorranglilar" umumiy kelishuvning 10 foizini oladi.
Nemis jamoasi endi kelasi yozda Moribani sotishga ahd qilgan. Futbolchi joriy mavsumni ijara asosida "Valensiya"da o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ilaysh avvalroq "Barselona"da katta va’dalar bergan edi. Biroq futbolchi juda ko‘p maosh so‘radi va oxir-oqibat sotildi.



Fikrlar