“Barselona” sudda javob beradi

  • 30 noyabr, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Enrike Seten klubni sudga berdi. U Kataloniya klubidan ishdan haydagani uchun kompensatsiya undirishni maqsad qilgan.

Avvalroq, “Barselona” Seten jamoadan ketganidan bir oy o‘tganidan keyin uning iste’fosini rasmiylashtirgani xabar qilingan edi. Da’vogar tomon advokatlari klubning sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu murabbiy bilan iste’fo shartlarini kelishmaganini aytmoqda. Seten bu ishni yopish uchun 4 million evro miqdorida kompensatsiya so‘rayapti.

Seten “Barselona”ni 2020 yilning 13 yanvar kuni qabul qilib olgan edi. Biroq, natijalar pasayib ketgani bois 17 avgustda ishdan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!