"Barselona" Superliga g‘oyasidan voz kechdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Superliga loyihasidan ketish va "Real"ni o‘z manfaatlarini mustaqil himoya qilish uchun qoldirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda RAC1 nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi oylarda "Barselona" va Evropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni yaxshilangan. "Barselona"dagilarning fikricha, UEFA klublarning ularga qo‘yayotgan talablarining bir qismini anglab etgan va endi tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun qulayroq zamin paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "Real" Superliga g‘oyasidan voz kechmoqchi emas. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres bu loyihani ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda va uning yordamida futbolni o‘zgartirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida bir qator klublar rahbarlari Superligani tashkil etish g‘oyasiga qo‘llab-quvvatlashi rasman tasdiqlagandi. Florentino Peres rejalashtirilgan turnirning birinchi raisi bo‘ldi.

Fikrlar