“Barselona” to‘rtinchi bor Chempionlar ligasi. bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
Ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Hal qiluvchi bahsda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Fransiyaning “Lyon” klubini 4:0 hisobida magʻlub etdi.
Gollarga Eva Payor dubl muallifi boʻlgan boʻlsa, Salma Paralʼyuelo ham ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Shu tariqa, kataloniyalik futbolchi qizlar oʻz tarixida toʻrtinchi bor Chempionlar ligasi bosh sovrinini qoʻlga kiritdi. Avvalroq “Barselona” 2021, 2023 va 2024 yillarda ham ushbu musobaqada gʻolib chiqqan edi.
Bu natija orqali ispan klubi sovrinlar soni boʻyicha Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasiga yetib oldi. Mutlaq rekord esa hanuz “Lyon”ga tegishli — fransuz klubi musobaqada 8 marta gʻolib boʻlgan.

Fikrlar