
“Barselona” to‘rtta transferga qo‘l urmoqda
“Barselona” keyingi yillarda tarkibini kuchaytirish uchun erkin agent maqomidagi futbolchilarni transfer qilishga e’tibor qaratmoqda.
Ayni paytda klubning moliyaviy ahvoli barqarorlashganiga qaramay, mutasaddilar transferlarga katta pul sarflamoqchi emas.
Ana shu transfer siyosatidan kelib chiqib, “Barselona” skautlari yozda shartnomasi tugaydigan o‘yinchilarni topish va ular bilan kelishib olishga urinyapti.
Ayni paytda kataloniyaliklar “Bayer”dan Jonatan Ta, “Atletiko”dan Reynildu Mandava, “Bavariya”dan Alfonso Devisni taklif qilmoqchi. Bu o‘yinchilarning bari joriy mavsum tugashi bilan erkin agentga aylanadi.
Shuningdek, “Barselona” mutasaddilari “Lill”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan to‘purar Jonatan Devidni ham olishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar