"Barselona" Turanni tezroq sotib yubormoqchi

  • 26.04.2019 12:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi o‘zining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turandan tezroq qutulmoqchi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchini tez orada transferga qo‘yadi. Biroq, hozircha unga qaysi jamoalar xaridorligi haqida xabarlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, Turan joriy mavsumni “Istanbul” klubi safida ijara asosida o‘tkazmoqda. U bu mavsumda 16ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Turanni 2015 yil “Atletiko”dan 34 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!