"Barselona" UEFAdan tovon puli talab qilmaydi

  • 31.10.2025 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid provintsiyasi sudi Superliga ishi bo‘yicha UEFAning apellyatsiyasini rad etdi. Shuning ortidan "Real" Evropa futboli ittifoqidan 4,5 milliard evro miqdorida moddiy zararni qoplashni talab qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

Biroq "Diario Sport" nashri yozganidek, "Barselona" bu yo‘ldan bormaydi va UEFAdan hech qanday tovon puli talab qilmaydi. Kataloniya klubi har doim ikki tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va kelishuv yo‘llarini izlash tarafdori bo‘lib kelgan.

"Barselona" hali rasman Superliga loyihasidan chiqmagan bo‘lsa-da, UEFA bilan yaqinlashuv fonida undan asta-sekin voz kechmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!