"Barselona" UEFAga "Atletiko" bilan o'yinlardagi hakamlik yuzasidan shikoyat qildi

  • 17.04.2026 01:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" UEFAga Madridning "Atletiko" klubiga qarshi Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi oʻyinlarda hakamlik faoliyati yuzasidan rasmiy shikoyat yubordi.

Kataloniya klubi bayonotida qayd etilishicha, ikki oʻyin davomida qabul qilingan bir qator hakamlik qarorlari oʻyin qoidalariga mos boʻlmagan va VAR tizimining ayrim muhim epizodlarga yetarlicha aralasha olmagani natijaga taʼsir qilgan.

Klub fikricha, ushbu xatolar yigʻindisi qarama-qarshilik natijasiga bevosita taʼsir koʻrsatgan va "Barselona" uchun katta sport hamda moliyaviy yoʻqotishlarga sabab boʻlgan.

Shuningdek, kataloniyaliklar bu murojaat avval ham UEFAga yoʻllangan shikoyatlarning davomi ekanini bildirib, hakamlik tizimini yanada takomillashtirish, qoidalarni adolatli va shaffof qoʻllash boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!