“Barselona” va “Atletiko” jahon chempioniga jiddiy qiziqishmoqda

  • 05.02.2026 19:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va Madridning "Atletiko" klublari "Tottenxem" markaziy himoyachisi va sardori Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda. Argentinalik futbolchi London klubini tark etishga tayyor. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi faoliyatini Chempionlar ligasida muntazam o‘ynaydigan jamoada davom ettirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Romeroning xaridi manfaatdor klublarga 70-80 mln funtga (80-90 mln yevro) tushishi mumkin.

Joriy mavsumda Romero barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!