"Barselona" vakiliga APL klubi xaridor

  • 21.01.2023 07:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin yanvar oyi oxirigacha jamoasini o‘zgartirishi mumkin. "Catalunya Radio" xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi APLga qaytishi mumkin. Unga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, "qo‘kanorranglilar" himoyachisi "Fulxem" uchun "B" rejasi ekanligi ta’kidlangan.Londonliklar himoyaning o‘ng qanotini mustahkamlash maqsadida "Arsenal"dan Sedrik Suareshni olib kelishi ham mumkin.

27 yoshli himoyachi hozirda "Barselona"da o‘ynaydi. Himoyachining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ektor "Arsenal" va "Uotford"da ijara asosida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!