"Barselona" vakillari Portugaliya - Serbiya uchrashuvini stadiondan turib kuzatib borishadi

  • 25.03.2019 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berilganidek “Ayntraxt” forvardi Luka Yovich “Barselona” klubi qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar sport direktori va Erik Abidal va texnik kotib Ramon Planslar Lissabonda bo‘lib o‘tadigan Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi Evro-2020 saralash uchrashuvini bevosita stadiondan turib kuzatishadi. Ushbu o‘yinda ular aynan Yovichning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishlari.

Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli serbiyalik futbolchining transferi 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!