"Barselona" Vidalni "Inter"ga qanchaga sotmoqchi?

  • 21.12.2019 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal katta ehtimol bilan faoliyatini "Inter"da davom ettiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” ustozi Antonio Konte jamoa tarkibini kuchaytirish niyatida. Shu bois chililik futbolchi Milan klubiga joriy qishki transferlar paytidayoq ko‘chib o‘tishi mumkin.

O‘z navbatida Vidal ham “Inter”ga o‘tishga qarshi emas. “Barselona” esa uning transferini 20 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Vidal joriy mavsum “Barselona” safida 12 ta o‘yinda ishtirok etdi va 4 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!