"Barselona" "Xetafe" hujumchisini xarid qilishi mumkin
Luis Suares va Usmon Dembelesiz qolgan "Barselona" Ispaniyadagi maxsus reglament orqali hujumchi transferini amalga oshirishi mumkin.
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha kataloniyaliklar "Xetafe" forvardi Anxel Rodriges nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Joriy mavsumda 32 yoshli ispaniyalik "Xetafe" libosida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va bitta gollik pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar